Isroil armiyasi G‘azodagi yana uchta masjidni vayron qildi
Olam
−
09 noyabr 2023
3799Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi yana uchta masjidni butunlay vayron qildi. Bu haqda G‘azo Vaqflar vazirligi vakili Ikromi al-Mudellel ma’lum qildi.
Uning aytishicha, anklav janubidagi Xon Yunus shahrida joylashgan Xolid bin Valid, Al-Ixlos va Es-Sahva masjidlari havo hujumiga uchragan.
Rasmiyning qayd etishicha, 7 oktyabrdan beri Isroilning bombardimonlari oqibatida vayron bo‘lgan masjidlar soni 59 taga yetgan, yana 136 ta masjid va 3 ta cherkov zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Hagariy Isroil harbiylari HAMAS a’zolari foydalanayotgan 100 dan ortiq yerosti tunnellariga o‘tish yo‘laklarini, 4 mingdan ortiq qurol-yarog‘ omborlarini vayron qilganini, ularning aksariyati fuqarolar binolari, masjidlar va bolalar bog‘chalarida joylashganini da’vo qilgandi.
LiveBarchasi