Isroil Ali Larijoniy o‘ldirilganini e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 17 mart kuni Isroil Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy o‘ldirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.

“Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) seshanba kuni Tehrondagi maxfiy qarorgohga berilgan zarba oqibatida Eronning yuqori martabali mulozimi Ali Larijoniy o‘ldirilganini ma’lum qildi. Mudofaa vaziri Israel Kats uning o‘limini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, harbiylarning ma’lum qilishicha, alohida o‘tkazilgan boshqa bir operatsiya davomida Eronning “Basij” kuchlari qo‘mondoni G‘ulomrizo Sulaymoniy ham yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Isroil Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy va uning kuyovi, kelini va nabirasini ham o‘ldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Ali Larijoniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing