Isroil AQSHning gapiga kirib, G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqyapti – “Politico” 

Olam

image

Amerika ma’muriyati Isroil qo‘shinlarining bir qismini G‘azo sektoridan olib chiqib ketayotganini Tel-Aviv Vashingtonning maslahatini olib, pastroq intensivlikdagi operatsiyalarga o‘tayotganining belgisi sifatida qabul qilmoqda. Bu haqda amerikalik uch amaldorga tayanib, “Politico” gazetasi xabar berdi.

Nashrning anonim suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH rasmiylari Isroilning bu harakatidan so‘ng “yengil nafas olmoqda”. Ularning qayd etishicha, Vashington bu harakatni Isroil keng ko‘lamli bombardimonlardan uzoqlasha boshlagani va aniqroq zarbalar berishga intilayotganining belgisi sifatida ko‘rmoqda.

"Biz hozir ko‘rayotgan narsa – bu o‘tish davrining boshlanishi", deydi rasmiylardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati bu o‘zgarishlarni olqishlaydi, biroq oldinroq Isroil shu taktikadan foydalanganda falastinlik tinch aholi orasida qurbonlar soni bu darajada ko‘paymasdi.

Ma’lumot uchun, 1 yanvar kuni Isroil Mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagari Isroil 2024 yilga mo‘ljallangan armiya zaxirasining rotatsiyasi doirasida shu hafta G‘azo sektoridan ikki rezervist brigadasini olib chiqib ketishini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni AQSH senatori Berni Sanders Isroilning G‘azodagi urushi uchun hukumatdan boshqa mablag‘ ajratmaslikni so‘ragandi. AQSH Davlat departamenti esa Isroil vazirlarining falastinliklarni G‘azodan tashqariga joylashtirish haqidagi bayonotlarini tanqid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing