Isroil agressiyasi qurbonlari soni 33 mingga yaqinlashdi
Olam
−
02 aprel
2194Isroilning G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom etayotgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 32 ming 845 nafarga yetdi, 75 ming 392 nafar shaxs yaralandi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 63 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 94 nafari jarohatlangan.
Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) matbuot kotibi Jeyms Elder blokadadagi G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar bolalarga qarshi urush ekanini aytib chiqqandi.
LiveBarchasi