Isroil 39 falastinlikni ozod qildi

Olam

image

Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida qamoqxonalarda saqlanayotgan 39 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Bu haqda “Yediot Ahronot” gazetasi xabar berdi.

“Falastinliklarning ozod etilishi HAMAS tomonidan garovga olinganlardan 13 kishi Isroil hududiga qaytganidan so‘ng amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

“The Times of Israel”ning yozishicha, Isroil qamoqxonalar boshqarmasiga 39 nafar falastinlik ayol va bolaning ism-shariflari ro‘yxati kelib tushgan. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi esa bir kun avval o‘z yordami bilan 33 mahbusning ozod etilganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi. Kecha, 24 noyabr kuni kelishuv kuchga kirgani xabar qilindi. Keyinchalik, mazkur kelishuv doirasida HAMAS tomonidan garovga olingan 13 nafar isroillik va 12 nafar tailandlik qo‘yib yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing