Isroil 183 nafar falastinlikni ozod qildi (video)

Olam

image

Isroil HAMAS bilan garovga olinganlarni almashish bo‘yicha kelishuvning beshinchi bosqichi doirasida 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Bu haqda Ynet xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahbuslardan 18 nafari umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lgan. Ularning 111 nafari G‘azo sektoriga, qolganlari esa Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga yuboriladi.

Kelishuv doirasida ozod qilingan mashhur mahbuslar orasida Shadi Barg‘uti ham bor bo‘lib, u terrorchilik hujumlarida ishtirok etganlikda ayblanib, 27 yilga qamalgan, shuningdek, Hotim al-Jayusiy olti isroillikni o‘ldirganlikda ayblanib, sudlangan. Bundan tashqari, HAMASning yuqori martabali a’zosi Jamol Tavvil va Iyada Abu-Shahidam ham ozod qilingan.

Bungacha HAMAS Qizil Xochga uch nafar garovga olingan isroillikni topshirgan edi. Ozod qilinganlar – 56 yoshli Oxad Ben Ami, 52 yoshli Eli Sharabi va 34 yoshli Or Levi. Qizil Xoch ozod etilgan garovga olinganlarni G‘azodagi Isroil Xavfsizlik xizmati vakillariga topshiradi, shundan so‘ng ular vataniga olib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 16 yanvar kuni Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv 19 yanvar kuni kechqurun kuchga kirdi va HAMAS uch nafar shaxsdan iborat birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi. 1 fevral kuni HAMAS garovdagi 3 nafar isroillikni, Isroil esa 83 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS garovga olinganlar falastinlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing