Isroil 154 mahbusni Falastin va Isroildan deportatsiya qilmoqchi
Olam
−
13 Oktabr 2025 2951 2 daqiqa
Isroil 154 nafar ozod etilgan falastinlik mahbusni deportatsiya qiladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Isroil 154 nafar ozod etilgan falastinlik mahbusni Isroil va Falastin hududlaridan tashqariga chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.
“Isroil 154 nafar ozod etilgan falastinlik mahbusni Isroil va Falastin hududlaridan tashqariga deportatsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
HAMASning mahbuslar bo‘yicha axborot idorasining ma’lum qilishicha, falastinlik mahbuslar joylashtirilgan birinchi avtobus G‘azo hududiga yetib bordi.
Shu orada Isroil harbiylarining xabar berishicha, HAMAS tomonidan ozod qilingan qolgan 13 nafar tirik garovdagi shaxslar chegaradan o‘tib, Isroilga kirib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS dastlab 7 nafar isroillik asirni, keyinroq esa yana 13 nafar isroillik asirni Qizil Xochga topshirgani haqida xabar berilgan edi. Hozirga kelib, ular Isroilga yetib borgan. Ular mamlakat janubidagi qabul punktiga olib boriladi va u yerda yaqinlari bilan uchrashadi. Isroilning davlat teleradiokompaniyasi hisoblanuvchi “Kan”ning xabariga ko‘ra, ozod etilgan garovdagilarning ahvoli qoniqarli, ular mustaqil harakatlana oladi.
Qayd etish joiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish bo‘yicha tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuv imzolaganini ma’lum qilgandi. Amerika rahbari bu “barcha garovdagilarning tez orada ozod qilinishi, shuningdek, Isroil qo‘shinlarining kelishilgan chiziqlargacha orqaga chekinishini” anglatishini bildirgandi.
Live
Barchasi