Isroil hujumiga javob muvozanatli va o‘ylangan bo‘ladi – Eron Prezidenti

Olam

image

Eronning Isroil hujumiga javobi muvozanatli va o‘ylangan bo‘ladi. Bu haqda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Prezident Eron xalqi va Isroil hujumida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

“Eron dushmanlari bilsinlarki, bu jasur odamlar o‘z yurtlarini qo‘rqmasdan himoya qiladi va har qanday ahmoqlikka muvozanatli va o‘ylangan holda javob beradi”, deb yozgan Pezeshkiyon.

Isroilning Eronga hujumi

26 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil 1 oktyabr kuni amalga oshirilgan raketa hujumi uchun “qasos” sifatida Erondagi harbiy ob’ektlarga zarba berganini e’lon qildi. Eronning xabar berishicha, mamlakat poytaxti Tehron, shuningdek, mamlakat g‘arbidagi Xuziston va Ilom viloyatlarida bir qator harbiy ob’ektlarga hujum qilingan. Rasmiy Tehronga ko‘ra, havo mudofaa tizimlari hujumlarni “muvaffaqiyatli” qaytargan, biroq ba’zi ob’ektlarga “cheklangan zarar yetgan”.

Isroil hujum "muvaffaqiyatli" bo‘lganini aytdi. Eron armiyasi ham to‘rt nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Eronni yaqinlashib kelayotgan zarba va potensial nishonlar haqida oldindan ogohlantirib, unga javoban hujum qilmaslikka chaqirgani xabar qilingandi. Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati bu xabarni rad etdi


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing