Isroil “Hizbulloh”ga qarshi qiruvchi samolyotlarini uchirdi
Olam
−
18 noyabr 2023
8653Isroil mudofaa kuchlari qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar yordamida Livandagi "Hizbulloh" harakatining harbiy infratuzilmasiga zarba berdi. Bu haqda SAXAL axborot xizmati ma’lum qildi.
"Qiruvchi samolyotlar "Hizbulloh"ga tegishli infratuzilma, ob’ektlar, tezkor qo‘mondonlik markazlari va harbiy postlarni nishonga oldi”, deyiladi bu haqdagi bayonotda.
Avvalroq, "Hizbulloh" Livandan Har-Dov tog‘lari hududida joylashgan Isroil mudofaa postiga hujum qilgan bo‘lib, snaryadlar ochiq joyga tushgan. SAXAL ushbu hujumdan hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Livandagi “Hizbulloh”ning qurolli qanoti mamlakat janubidan Isroil armiyasining oltita postiga zarba bergani haqida xabar bergandik.
Qayd etilishicha, bu operatsiya Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi ishg‘olchi kuchlari tomonidan tinch aholining qirg‘in qilinishiga javoban amalga oshirgan.