Isroil harbiylari Suriyaga aviahujum uyushtirdi – OAV
Olam
−
04 fevral 2021
9818Isroil harbiy havo kuchlari bugun, 4 fevral kuni kechqurun Suriya janubiga zarba berdi. Bu haqda SANA tomonidan xabar berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya havo hujumlariga qarshi mudofaa kuchlari mamlakat janubiga otilgan deyarli barcha raketalarni ushlab qolgan.
Ta’kidlanishicha, Damashq atrofidagi hudud, shu jumladan, poytaxt aeroporti hamda Suriya harbiylari va eroniyparast jangarilar nazoratidagi ob’ektlar joylashgan joylarni ham nishonga olingan.
Yana bir manbaning ma’lum qilishicha, zarbalar Erondan Isroil va Livanga qurol yuborilishi mumkinligi ma’lum bo‘lganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirilgan.
Shuningdek, Livanning "Hizbulloh" guruhi jangchilarining Suriyadagi pozitsiyalariga ham hujum bo‘lishi kutilgan.
Qayd etilishicha, Damashqdagi tadqiqot markazlari hududida havo hujumi haqida ogohlantiruvchi sirenalar yangragan. Isroil harbiylari esa hujum uyushtirilgani haqidagi xabarlarga izoh bermagan.
LiveBarchasi