Isroil HAMASning ikki qo‘mondonini o‘ldirdi
Olam
−
24 mart
1045Isroil armiyasi HAMAS harakatining ikki qo‘mondonini o‘ldirganini e’lon qildi. Bu haqda armiya matbuot xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida SAXAL va Umumiy xavfsizlik xizmati (SHABAK) G‘azo sektorida HAMAS ob’ektlari va askarlariga zarba bergan. Bombardimonlar davomida “G‘azo” brigadasi qo‘mondonining o‘rinbosari Ahmed Shimali yo‘q qilingan. Shimali HAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumini rejalashtirish, hujum strategiyasini ishlab chiqish hamda “G‘azo” brigadasi kuchlarini safarbar etish bilan shug‘ullangan.
“Shudjaiya” bataloni qo‘mondoni Jamil Vadiya ham yo‘q qilingan.
“SAXAL va SHABAK HAMAS tashkilotiga qarshi kurashni davom ettiradi va Isroil davlatiga har qanday tahdidni yo‘q qilish uchun harakat qiladi”, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil kuchlari G‘azo sektori janubida HAMAS harakatining harbiy razvedka boshlig‘i Usama Tabashni o‘ldirgandi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni esa 50 021 kishiga yetdi. Isroil G‘azoga yirik zarbalarni qayta boshlagan 18 martdan buyon 673 kishi halok bo‘ldi, 1233 kishi yaralandi.
LiveBarchasi