Isroil HAMAS armiyasini yo‘q qilishni yakunlash arafasida – Netanyaxu
Olam
−
01 iyul
5076Isroil armiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy tuzilmasini yo‘q qilish ishlarini yakunlash arafasida, uning qoldiqlariga qarshi zarbalar davom etadi. Bu haqda yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
“Kecha men G‘azo armiyasi diviziyasi joylashgan joyga safardan qaytdim, u yerda Rafahda olib borilayotgan janglarda juda katta yutuqlarga guvoh bo‘ldim. Biz HAMAS armiyasini yo‘q qilish bosqichini yakunlash arafasidamiz, uning qoldiqlariga zarbalar davom etadi”, deydi u Isroil mudofaa kuchlari Milliy xavfsizlik kolleji talabalari bilan uchrashuvda.
Netanyaxuning qayd etishicha, harbiylar bilan muloqotdan so‘ng u qo‘mondonlarining jangovar ruhiga qoyil qolgan.
“Bu fikr bilan biz barcha maqsadlarimizga – o‘g‘irlanganlarni qaytarish, HAMASning harbiy va boshqaruv imkoniyatlarini yo‘q qilish, G‘azoning Isroilga xavf tug‘dirmasligini ta’minlash, janub va shimoldagi jamoalarimiz aholisini uylariga xavfsiz tarzda qaytarishga erishamiz", deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.
O‘z navbatida, Netanyaxu idorasi maslahatchisi Dmitriy Gendelman bir vaqtning o‘zida "G‘azodagi shiddatli harbiy amaliyotlar bosqichi o‘z yakuniga yaqinlashayotganini", shundan so‘ng Isroil qo‘shinlari anklavdagi harbiy amaliyotlarning yangi bosqichini boshlashini aytdi.
“Tez orada SAXAL keyingi bosqichga o‘tadi, har qanday holatda ham, urushning maqsadlari o‘zgarishsiz qoladi: o‘g‘irlab ketilgan barcha 120 isroillikni qaytarish, HAMAS kuchini yo‘q qilish, G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish, janubiy va shimoldagi uylaridan yashash joylariga qochib ketgan barcha fuqarolarni qaytarish”, deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Netanyaxu oldinroq ham G‘azo sektorida Isroil va HAMAS harakati orasidagi faol kurash bosqichi tez orada tugashini aytgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa Isroilni Livanga qarshi urushni kengaytirayotganlikda aybladi.“Bild” gazetasi diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib, Isroil iyul oyining ikkinchi yarmida Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkinligi haqida yozdi.
LiveBarchasi