Ispaniyada jaziramadan o‘lganlar keskin ko‘paydi
Olam
−
17 iyul 2022
11120Ispaniyada kuzatilayotgan haddan tashqari issiq olti kun ichida 360 kishining o‘limiga olib keldi. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni “Europa Press” agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunuvchi Karlos III sog‘liqni saqlash instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, 10 iyuldan 15 iyulgacha, jumladan, qirollikda havo haroratining haddan tashqari yuqoriligi tufayli 360 kishi halok bo‘lgan.
Ispaniya davlat meteorologiya agentligi aksariyat hududlarda ob-havo ogohlantirish darajasini sariq (xavf) va to‘q sariq (yuqori xavf) ga oshirdi. Ba’zi viloyatlarda signal darajasi eng yuqori – qizil (o‘ta xavfli) darajasiga ko‘tarilgan. Havoning harorati deyarli 45 darajaga yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 10–14 iyul kunlari Ispaniyada issiqdan 240 ga yaqin odam vafot etgandi.
LiveBarchasi