Ispaniyada futbolçi raqib bilan töqnaşuvdan söng yurak xurujiga uçradi (video)
Sport
−
11:02 380 1 daqiqa
Ispaniyaning “Tenerife” klubi hujumçisi Xesus de Migel mamlakat ikkinçi divizionining 12-turi doirasida “Andorra”ga qarşi uçraşuvning sönggi daqiqalarida yurak xurujiga uçradi. Bu haqda AS naşri xabar berdi.
Keça, 2 noyabr kuni Santa-Krus-de-Tenerife şahrida ötkazilgan bahs qöşimça vaqtning yettinçi daqiqasida, 2:2 hisobida töxtatildi. “Andorra” darvozaboni Xesus Ovono darvozasidan çiqib, raqib bilan birga-bir vaziyatni bartaraf etişga uringanida de Migel bilan töqnaşib ketdi. Boş hakam darvozabonga darhol qizil kartoçka körsatdi.
Töqnaşuvdan söng de Migel huşini yöqotdi. U zambilda maydondan olib çiqilib, kiyiniş xonasiga yetkazildi, keyin esa tez yordam maşinasida şifoxonaga olib ketildi. Xabarlarga köra, futbolçining yuragi va nafas olişi töxtab qolgan. Tez yordam xodimlari uning ahvolini barqarorlaştirişga muvaffaq bölgan, biroq futbolçi huşsiz holatda qolgan.
“Tenerife” klubi bayonotida futbolçining ahvoli barqaror, ammo jiddiy ekani va u reanimatsiya bölimida ekani ma’lum qildi.
Live
Barchasi