Ispaniyada Telegram'dan foydalanish taqiqlandi
Texnologiya
−
24 mart
6506Kecha, 23 mart kuni Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Shunday qilib, Ispaniya Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda.
Qayd etilishicha, sud bir nechta media kompaniyalarining shikoyatlarini ko‘rib chiqqan. Ispaniyaning EGEDA, "Mediaset Espana", "A3 Media" va "Movistar Plus" media kompaniyalari Telegram'ni mamlakatda buzg‘unchi materiallar tarqatishda ayblagan.
Hujjatlarga ko‘ra, sudya so‘ralgan ma’lumotlarga javob olmagani uchun shikoyatlar asosli deb topib, sud Telegram'ni mamlakat hududida vaqtinchalik blokirovka qilishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Moskvadagi teraktni sodir etganlikda gumonlangan shaxs qo‘poruvchilik harakatlariga Telegram orqali yollanganini tan olgan edi.