Ispaniyada Netanyaxuga nisbatan tergov boshlandi

Olam

image

Ispaniya Milliy sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats va boshqa bir necha yuqori martabali harbiy amaldorlarga nisbatan G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Madlen” kemasiga hujum yuzasidan jinoiy ish ochdi. Bu haqda Ispaniya parlamenti deputati Xaume Asens ma’lum qildi.

Bortida shvetsiyalik mashhur ekofaol Greta Tunberg bo‘lgan “Madlen” kemasi G‘azo blokadasini chetlab o‘tish va muhtoj tinch aholiga gumanitar yordam yetkazish maqsadida yo‘lga chiqqandi. Biroq u Isroil harbiylari tomonidan hibsga olingani uchun manziliga yetib bora olmagan.

Umumjahon yurisdiksiya tamoyiliga asoslangan da’vo Ispaniya fuqarosi Serxio Toribio va arab xalqlari bilan birdamlik qo‘mitasi tomonidan berilgan. Hujjatda aytilishicha, Isroil armiyasi uchuvchisiz samolyotlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va tinch aholini noqonuniy hibsga olgan. Da’vo mualliflarining fikricha, harbiylar G‘azodagi faollarga ham, odamlarga nisbatan ham noqonuniy harakat qilgan.

“Bu jazosizlikka qarshi kurashda muhim qadam. Davlatlar o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, fuqarolik jamiyati dahshatga qarshi kurashda adolatdan axloqiy, huquqiy va siyosiy vosita sifatida foydalanishi kerak”, dedi Asens.

Ma’lum bo‘lishicha, sudya ushbu ishni tergov qilish vakolatiga ega yoki yo‘qligini prokuratura bilan tekshirishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing