Ispaniya Ukrainaga 4 ta Hawk ZRK yubordi

Olam

image

Ispaniya Ukrainaga to‘rtta Hawk zenit-raketa majmuasini yubordi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ma’lum qildi.

“Mening ispaniyalik hamkasbim Margarita Roblesga Ukrainaga to‘rtta Hawk zenit-raketa majmuasini yuborish qarori uchun rahmat. Bugun havo hujumidan mudofaa nafaqat Ukraina, balki butun Yevropa uchun ustuvor vazifadir”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Kecha, 13 oktyabr kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Madriddagi eski Hawk havo mudofaa tizimlari o‘rnini Germaniya, Fransiya va AQSH tomonidan yetkazib beriladigan zamonaviyroq tizimlar to‘ldirishini aytgandi.

Hawk – Amerikaning o‘rta masofali havo mudofaa tizimi bo‘lib, u birinchi marta 1960 yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan. 2000-yillarning boshida Qo‘shma Shtatlar undan foydalanishni to‘xtatib, Hawk’ni zamonaviyroq “Stinger” bilan almashtirdi, ammo bu tizimlar ko‘plab mamlakatlarda xizmat qilyapti. Hammasi bo‘lib 40 mingga yaqin havo mudofaa tizimlari ishlab chiqarilgan, shu jumladan AQSHdan tashqarida ham.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi. 

Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi. Germaniya esa avval va’da qilgan xenit-raketa majmuasini Kiyevga yetkazib berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing