Ispaniya Turkiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Olam

image

Ispaniya Turkiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi. Bu haqda “Daily Sabah” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 oktyabr kuni Ispaniya Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida 3,12 milliard yevro qiymatidagi shartnoma imzolangan va bu 2035 yilgacha amal qilishi belgilangan. 

Qayd etilishicha, samolyotlar Turk Aerospace Industries zavodlarida Hürjet innovatsion dizaynidan foydalanilgan, 2 o‘rindiqli va tovushdan tez qiruvchilarini ishlab chiqaradi. Ular Ispaniyada mahalliy tizimlar va Integrated Training System-Combat (ITS-C) platformasi bilan moslashtiriladi.

Hukumat bayonotida samolyotlarning aniq soni ko‘rsatilmagan, biroq  oldingi kelishuvlarda 45 tagacha samolyot bo‘lishi mumkinligi haqida aytilgan. 

Shuningdek, tashabbus NATO va xalqaro standartlarga muvofiq uchuvchilarni tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan. Samolyotlarning eng birinchisini yetkazib berish 2028 yilga rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlar 2029-2030 yillarda boshlanishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida 160 dan ortiq samolyot sotuviga oid shartnoma imzolangan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Ispaniya qiruvchi  samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing