Ispaniya koronavirusga chalinganlar milliondan oshgan birinchi Yevropa mamlakati bo‘ldi
Olam
−
22 Oktabr 2020 6130 1 daqiqa
Ispaniya koronavirus bilan bog‘liq milliondan ortiq holat aniqlangan birinchi Yevropa mamlakati bo‘ldi. Bu haqda "Worldometers" portalining ma’lumotlari dalolat beradi.
Koronavirus aniqlangan mamlakatlarning umumiy reytingida esa Ispaniya beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada kecha, 21 oktyabr kuni yana 16 ming 973 kishida koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon kasalikka chalinganlarning jami soni 1 million 46 ming 641 kishini tashkil etgan. Koronavirus qurbonlari soni esa yana 156 taga ko‘payib, 34 ming 366 taga yetgan.
Dunyoda esa 41,1 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holatlar ro‘yxatga olingan. 28 milliondan ko‘p odam sog‘ayib ketgan. 1,13 milliondan ziyod bemor vafot etgan.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025