Ispaniya klubi Fayzullayev transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning “Vilyareal” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichida va SSKA 20 yoshli futbolchini sotishga rozi. 

O‘tgan mavsumda Fayzullayev “armiyachilar”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi va jamoa safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” uning transfer qiymatini 6 million yevroga baholamoqda. Fayzullayevning transferi so‘nggi paytlarda o‘zbek futbolchilari ishtirokidagi eng shov-shuvli voqealardan biriga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Vilyarreal” 2023/24 yilgi mavsum La Ligada 8-o‘rinni egalladi. Bu natija esa “sariq suvosti kemasi”ga yevrokuboklar yo‘llanmasiga yetarli bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Vil'yarreal Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing