Ispaniya favqulodda holat rejimini keyingi yil maygacha uzaytirdi

Olam

image

Ispaniyada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq favqulodda holat rejimi 2021 yilning may oyigacha uzaytirildi. Deputatlar kongressi shu to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu tashabbus Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches tomonidan taklif qilingan. Uni qo‘llab-quvvatlab 194 nafar deputat ovoz bergan, 53 nafari qarshi bo‘lgan, 99 nafari betarafligini ma’lum qilgan. 

"Hukumat ispanlar hammasidan charchayotganidan xabardor. Lekin hozir qoidalarni yumshatish vaqti emas. Bizni oldinda juda qiyin haftalar, oylar kutib turibdi", degan Ispaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Salvador Ilya.

Unga ko‘ra, hududlar qo‘shimcha cheklov choralarini joriy etish to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilishda davom etadi. 

Avvalroq, RossiyaFransiyaGermaniyada karantin choralari kuchaytirilgani, Turkiya esa choralarni kuchaytirishni o‘ylayotgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 1 milliondan oshgan. Bugungacha 35 ming 639 kishi vafot etgan. 

Dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar 45 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus ispaniya

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing