Ispaniya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari e’lon qilindi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eden Azar Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Nashr tomonidan e’lon qilingan La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingida “Real” a’zosi peshqadamlik qilmoqda. Belgiyalik futbolchi oyiga soliqlardan tashqari 2,25 million yevro maosh oladi. Kuchli uchlikni “Barselona” futbolchilari Robert Levandovski va Serxio Buskets band etdi.

La Ligada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar:

1. Eden Azar (“Real Madrid”) – 2,25 million yevro;

2. Robert Levandovski (“Barselona”) – 2,17 million yevro;

3. Serxio Buskets (“Barselona”) – 1,91 million yevro;

4. David Alaba (“Real Madrid”) – 1,88 million yevro;

5–7. Vinisius Junior (“Real Madrid”) – 1,67 million yevro;

5–7. Xordi Alba (“Barselona”) – 1,67 million yevro;

5–7. Yan Oblak (“Atletiko Madrid”) – 1,67 million yevro.

Ma’lumot uchun, Eden Azar 2019 yilda “Real” safiga kelib qo‘shilgandi. Oradan 4 yil o‘tgan bo‘lsa ham u klub safida bor-yo‘gi 51 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Futbolchi tez-tez jarohat olib, mavsumning aksariyat qismini o‘tkazib yubormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing