La Liga bosh hakam va VAR'dagi referilar suhbatini e’lon qilmoqchi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati rahbariyati maydondagi hakamlar va video assistent referi (VAR) o‘rtasidagi audio suhbatlarni e’lon qilmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi.

“Hozirda buning imkoniyati o‘rganilmoqda. Hakamlar texnik qo‘mitasi ispan futbolida mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarni kamaytirish va shaffofroq bo‘lishga harakat qilish uchun ushbu imkoniyatni ko‘rib chiqishga tayyor”, deyiladi manba xabarida.

Biroq, buning uchun La Liga huquqiy muammolarni hal qilishi va Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashidan (IFAB) ruxsat olishi kerak.

“Biz hakamlikka ijobiy turtki bera olish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Maydonda chiqarilgan qarorlarning yanada oshkoraligiga intilish va tushunarli bo‘lishini ta’minlash kerak. Hech bo‘lmaganda VAR'ning audioyozuvlari mavjud bo‘lishi kerak, bu esa keskinlikni kamaytirishi mumkin”, deydi La Liga rahbari Xaver Tebas.

Ayni vaqtda IFAB hakamlarning audio suhbatlarini e’lon qilishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Tez orada Italiya chempionati o‘yinlaridan so‘ng, hakamlarning audio suhbatlari e’lon qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Xav'er Tebas Ispaniya chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made