“Barselona” o‘z tarixida 28-marta La Liga chempioniga aylandi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z tarixida 28-marta Ispaniya chempionati g‘olibiga aylandi.

16 mayga o‘tar kechasi Ispaniya La Ligasi 36-turida “Barselona” “Espanol” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida “ko‘k-anorranglilar” vingeri Lamin Yamal hisobni ochdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqaning beshinchisida Fermin Lopes oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

Shu tariqa, “Barselona” La Liga 2024/25 yilgi mavsum tugashiga 2 tur qolganida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Klub shu vaqtga qadar 85 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona La Liga Espan'ol Ispaniya chempionati Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing