Ispaniya ham O‘zbekistonga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
19 fevral
1516Kecha, 18 fevral kuni Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskes O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskes janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim bo‘lgan ulkan imkoniyatlar alohida e’tirof etilgan.
“Janob elchiga O‘zbekiston va Ismaniya hamkorligining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz”, deya yozgan Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kristofer Duggan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
LiveBarchasi