Kanada O‘zbekistonga yangi elchi yubordi

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevral kuni Kanadaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kristofer Duggan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Saidov o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirgan. 

“Kristofer Duggan janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik. Hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib bormoqda”, deya yozib qoldirgan Saidov.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan elchining kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat tilagan.

“Biz aloqalarda hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz. Janob elchiga faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida mavjud ko‘priklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deya yozadi Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarusning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikovdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Kanada Kristofer Duggan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing