Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi. Quruvchilar ham begona emas

Jamiyat

image

Toshkentning Olmazor tumani hududida barpo etilayotgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga 1,7 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda loyiha bo‘yicha tuzilgan shartnomada belgilangan. 

Hujjatga ko‘ra, joriy yil 11 oktyabr kuni buyurtmachi Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” IK hamda pudratchi “Trest-12” AJ o‘rtasidagi 2017 yil 27 dekabrdagi shartnomaga o‘zgartish kiritildi.

Shartnomada keltirilgan raqamlarga ko‘ra, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi uchun taxminan 1 trln 723 mlrd so‘m sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston milliy valyutasida ko‘rsatilgan 1 trln 723 mlrd so‘mni Markaziy bank kursi bilan hisoblaganda 161,5 million dollarni tashkil qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha bilan "Trest—12" aksiyadorlik jamiyati shug‘ullanmoqda. Mazkur kompaniyaning ulushiga Toshkent shahar hokimligi bilan birga Qurilish vaziri Botir Zokirovning qarindoshlari qisman egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom tsivilizatsiyasi markazi

Baholaganlar

873

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing