Islom sivilizatsiyasi markazi binosida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan bayonot berildi

Jamiyat

image

Kecha, 5 dekabr kuni Toshkentning qoq markazida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati  rasmiy axborot berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa qurilayotgan bino yerto‘lasida joylashtirilgan issiqlik ushlovchi (penoplast) materiallarining yonishi oqibatida sodir bo‘lgan.

“Taxminan 100 kv metr maydonda sodir bo‘lgan yong‘in, Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari xodimlari tomonidan soat 17:00 da to‘liq bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida binoning konstruktiv holatiga zarar yetmagan, talofat ko‘rganlar yo‘q.

Yong‘inga sabab bo‘lgan qurilish materiali o‘zidan juda ko‘p tutun chiqarish xususiyatiga egaligi sababli, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ba’zi surat va lavhalar aholi orasida noo‘rin vahima keltirib chiqargan.

Markaz binosining qurilish va jihozlash ishlari rejaga muvofiq davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda yong‘in binoning 150 kv metr maydonida chiqqani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Islom sivilizatsiyasi markazi

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing