Islom Karimovning ilk qasamyodiga 28 yil to‘ldi (video)

Bu qiziq

Kecha, 29 dekabr kuni Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk Prezident saylanganiga 28 yil to‘ldi.  

1991 yil 29 dekabrda O‘zbekiston tarixida ilk bor umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan Prezident saylovi o‘tkazilgan edi. Ushbu yuksak lavozimga mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan Islom Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ishonch bildirdi.

1991 yil dekabrda Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston Mustaqilligi masalasida referendum ham o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha saylovchilar O‘zbekistonning mustaqil va suveren taraqqiyot yo‘li uchun ovoz berdilar.

1992 yil 4 yanvarda Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasida Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti sifatida faoliyat boshlagani ramzi – inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish joizki, Islom Karimov O‘zbekiston hali SSSR tarkibida bo‘lgan davrda, 1990 yil mart oyida Prezident sifatida ish boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing