Islom Karimov nega 9 mayni Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilgan? (video)

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 1999 yildan beri 9 may – Ikkinchi jahon urushida Germaniya mag‘lub etilgan va G‘arbiy frontda urush tugagan kunda Xotira va qadrlash kuni nishonlab kelinadi. Bu kunni shunday nomlash tashabbusi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan chiqqan.

Islom Karimov 1999 yil 9 may kuni nutq so‘zlab, tarixiy sanaga nega aynan Xotira va qadrlash kuni deb nom berilganini tushuntirgan. Islom Karimov fondi tarixiy nutq yozib olingan kadrlarni e’lon qildi.

“Biz nima uchun 9 may bayramini Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qildik? Xotira deganda biz bu foniy dunyoda o‘tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog‘ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir. Xotirasi bo‘lmagan, tarixni unutgan, o‘z ajdodlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo‘q. Bu haqiqatni kishilik tarixi isbotlab turibdi. Qadrlash degani bu – asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir”, degan Islom Karimov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 1999 yil 2 martdagi farmoni bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing