Islom Karimov haqida yangi kitob taqdimoti o‘tkazilmoqda

Jamiyat

image

Ayni vaqtda poytaxt Toshkentdagi Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasida yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning “Olov tutgan odam” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova ishtirok etib, nutq so‘zladi. Bu haqda taqdimotda ishtirok etib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova xabar bermoqda. 

Mazkur asar O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining 28 yilligi arafasida chop etilgan bo‘lib, unda Islom Karimov Qashqadaryo viloyat kompartiyasi birinchi kotibi vazifasida ishlagan kezlardan boshlab O‘zSSR kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimiga tayinlangunga qadar bo‘lgan davr qalamga olingan. Romanda o‘sha murakkab yillarda Qashqadaryoda kechgan – ham O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti uchun, ham butun mamlakat uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan voqealar badiiy talqin etilgan.

“Olov tutgan odam” romanida o‘sha davrdagi voqealar batafsil tasvirlangan. Muallif Luqmon Bo‘rixon asar ustida ishlash jarayonida turli hujjatlarni, tarixiy manbalarni o‘rgangan, shuningdek, qalamga olingan hodisalarning shohidi bo‘lgan qashqadaryoliklar bilan ko‘p bora uchrashib suhbatlashgan. 

Taqdimotda madaniyat va san’at, adabiyot sohasining ko‘plab taniqli vakillari ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, asar Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi boshchiligida nashr etilgan


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov xotirasi Tat'yana Karimova

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing