Islandiyada vulqon otildi (foto+video)

Olam

image

Islandiya janubi-g‘arbidagi Grindavik shahri yaqinidagi Reykyanes yarimorolida vulqon otilishi boshlandi. Bu haqda mamlakatning RUV telekompaniyasi ma’lum qildi. 

Kecha, 14 yanvar kuni Grindavik yaqinida yerda ikkita yoriq paydo bo‘lgan – biri shahardan 50-100 metr uzoqlikda, undan lava oqib chiqa boshlagan. Magma Grindavikka yetib borgach, shahardagi kamida uchta turarjoy binosi yonib ketgan.

Bu Grindavikda so‘nggi bir oy ichida ikkinchi marta vulqon otilishidir. Oxirgi otilish 18 dekabrda boshlangan. Grindavik birinchi otilishdan oldin butunlay evakuatsiya qilingan.

Shaharda to‘rt mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Dekabrdagi otilishdan keyin hukumat 200 ga yaqin mahalliy aholiga shaharga qaytishga ruxsat bergan. Ikkinchi portlash arafasida ular ham shahar tashqarisiga olib chiqilgan.

Bundan tashqari, so‘nggi haftalarda vulqon atrofida magmani shahardan uzoqlashtirishi kerak bo‘lgan tuproq va tosh to‘siqlar o‘rnatilgan, ammo lava oxir-oqibat bu to‘siqlarni yorib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

vulqon Islandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing