Iskoga Italiyaning grand jamoasidan taklif tushdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubining sobiq yarim himoyachisi Isko Alarkon faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi. 

Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, “Roma” 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Rimliklar yaqin kunlarda Iskoning manfaatlarini himoya qiluvchi mashhur futbol agenti Jorje Mendesh bilan muzokara olib boradi. 

Qayd etish joizki yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Madrid klubidagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng, "Real"ni tekinga tark etgan edi. Endilikda yarim himoyachi o‘zi uchun yangi jamoa qidirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Isko “los blankos” tarkibiga 2013 yili 25 million yevro evaziga “Malaga” klubi safidan kelib qo‘shilgan edi. Ushbu davr mobaynida, u “Real Madrid” tarkibida jami 353 ta uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urgan va 56 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali ispaniyalik iqtidor egasini 7,5 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isko

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing