“Real” Iskodan qutulmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda AVS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining rejalaridan o‘rin olmagan. Qayd etilishicha, ayni damda “Real” yarim himoyachini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor biroq Iskoni transfer qilish bo‘yicha birorta ham taklif bo‘lgani yo‘q. Iskoning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Isko “Qirollik klubi”ga 2013 yilda “Malaga”dan ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionatining 7 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urgan. 

U “Real Madrid” tarkibida La liga (2016/17, 2019/20), UEFA Chempionlar ligasi (2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18), shuningdek Ispaniya kubogi (2013/14) va superkubogi (2017, 2019) g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Isko Anchelotti UEFA chempionlar ligasi Malaga

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing