“Real” 250 mln yevroga uch futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida asosiy tarkibning uch nafar futbolchisini sotib yubormoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “qirollik klubi” Marselo, Isko va Garet Beyl bilan xayrlashmoqchi. Joriy mavsum klub muxlislari bu uch futbolchining o‘yinidan mamnun bo‘lishamadi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham futbolchilarning ketishiga qarshi emas. 

Florentino Peres futbolchilarning transferidan 250 million yevro ishlab olmoqchi. Bu pullar esa jamoani kuchaytirish uchun olib kelinadigan yangi futbolchilar uchun ishlatiladi.

Ma’lumot uchun, Marselo 2007 yildan, Beyl va Isko esa 2013 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Garet Beyl Marselo Isko

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing