Isitmalab, imtihondan qolib ketganlar uchun test sinovi o‘tkaziladigan kun belgilandi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
8664Test sinovlariga kirish jarayonida tana harorati yuqoriligi sabab imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlar uchun joriy yilning 17 sentyabr kuni imkoniyat beriladi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi.
Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, 13 sentyabrda respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tugatiladi. Farg‘ona viloyatida esa imtihonlar 11 sentyabr kunining birinchi yarmida tugatiladi.
“Tanlovlar natijalari 24 sentyabrgacha to‘liq e’lon qilish rejalashtirilgan. Test jarayonlariga kirish paytida tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirus bilan kasallanib, sog‘aygan abituriyentlar 17 sentyabr kuni test imtihonlaridan o‘tkaziladi”, dedi Barno Rajabov.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 sentyabr kuni test sinovlarida 58 500 abituriyent qatnashishi kerak bo‘lgan, ulardan 55 262 nafari qatnashgan. 3 nafari tana harorati yuqori bo‘lgani uchun imtihonga kiritilmagan, 3 mingdan ortig‘i imtihonga kelmagan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi