Ishsiz yoshlarga berilgan yerlarda 1 million tonna mahsulot yetishtirildi – Prezident

Jamiyat

image

Kecha, 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan mamlakat dehqon va mirishkorlari, zahmatkash fermerlarini tabrikladi.

Davlat rahbari o‘z tabrigida kam ta’minlangan oilalar va ishsiz yoshlarga berilgan yerlardan unumdor hosil olingani haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Har bir yoshga – bir gektar” dasturi doirasida g‘alladan bo‘shagan maydonlarning 84 ming gektari 266 mingta kam ta’minlangan oilalar va ishsiz yoshlarga berilib, ularga fermer xo‘jaliklari va tomorqa xizmati korxonalari biriktirildi. Ushbu dastur natijasida 1 million tonnadan ziyod mahsulot yetishtirildi”, dedi Prezident.

Prezidentning ta’kidlashicha, amalga oshirilgan ana shunday islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida joriy yil 822 million dollardan ziyod miqdordagi qariyb 1,5 million tonna meva-sabzavot 70 dan ortiq davlatga eksport qilindi.

“Albatta, bugun hech bir sohada ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo‘llamasdan turib taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Bu esa keng va zamonaviy bilimga ega kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish kabi dolzarb vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, sohaga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bundan buyon ham ustuvor vazifalarimizdan bo‘lib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev “Har bir yoshga – bir gektar”

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing