“Ishonmagin do‘stingga, somon tiqar po‘stingga”: Toshkent viloyatida yigit do‘stini o‘mardi
3-sahifa
−
03 fevral 2023
8619Toshkent viloyati Parkent tumanida do‘stining bank kartasini o‘g‘irlab, ichidagi 2 million so‘mdan ortiq pullarni talon-toroj qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro E.Z. Ichki ishlar bosharmasiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini turmush o‘rtog‘i yo‘qotib qo‘yganini va o‘sha kunning o‘zida noma’lum shaxs tomonidan bank kartasi hisobidan 2.307.000 so‘m pullar yechib olinganini ma’lum qilib, pullarining qaytarilishida yordam va noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni yashirin ravishda o‘zlashtirgan shaxs, Toshkent viloyati, Parkent tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N. ekanligi aniqlangan.
B.N. muqaddam jabrlanuvchi bilan tanish ekanligi va jabrlanuvchining bank kartasi kodini bilishi, shu sababli plastik kartani yashirin ravishda talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, B.Nga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
LiveBarchasi