“Ishonmagin do‘stingga...” 29 yoshli yigit tengdoshining pulini qimorga tikib yubordi
3-sahifa
−
17 mart 2023
7415Samarqand viloyatida hamkasbining qariyb 9 million so‘m pulini onlayn qimorga tikib yuborgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatining Poyariq tumanida yashovchi “Temiryo‘l” vokzalida mavsumiy ishchi 29 yoshli T.N., plastik kartasidagi 8 542 500 so‘m pullari o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni T.N.ning tengdoshi va hamkasbi bo‘lgan A.A. sodir etganligi aniqlangan. U ish joyidagi kiyinish xonasida T.N.ning telefonini yashirincha olib, telefondagi mobil ilova yordamida plastikdagi pullarni onlayn qimor o‘yiniga o‘tkazganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan 29 yoshli A.A. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Qonunga muvofiq, A.A. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
LiveBarchasi