“Ishonchim komilki, diktator yutqazadi”. Zelenskiy Kann kinofestivalining ochilishida nutq so‘zladi

Olam

image

Kecha, 17 may kuni Kann xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning videomurojaati namoyish etildi. Bu xaqda “Meduza” nashri xabar berdi.

“The Guardian” tomonidan keltirilgan deyarli o‘n daqiqalik nutqida Zelenskiy boshqa narsalar qatorida Frensis Ford Koppolaning Vetnam urushi haqidagi filmi va Charli Chaplinning “Buyuk diktator” filmlarini tilga olib, urush va diktaturaning ekrandagi tasviri bilan Ukraina hozir duch kelgan vaziyat o‘rtasida o‘xshashliklarni keltirib o‘tdi.

“Biz kurashda davom etamiz. Ozodligimiz uchun kurashni davom ettirishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Ishonchim komilki, diktator yutqazadi. Biz bu urushda g‘alaba qozonamiz. Ukrainaga shon-sharaflar!”, deydi Zelenskiy.
 

Ukraina Prezidentining ushbu nutqini zal olqishlab, yig‘ilganlarning ba’zilari ko‘z yoshlarini ham tiyib turolmadi.

2022 yilgi Kann xalqaro kinofestivali 17-28 may kunlari o‘tkaziladi. Asosiy tanlovda rossiyalik rejissyor Kirill Serebrennikovning “Chaykovskiyning rafiqasi” filmi ishtirok etmoqda. Maxsus namoyishlar doirasida ukrainalik rejissyor Sergey Loznitsaning “Tabiiy vayronagarchilik tarixi” filmi taqdim etiladi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Zelenskiy

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing