Ishxonada spirtli ichimlik ichish va dabdababozlikni targ‘ib qilgan amaldorga chora ko‘rildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbarining ishxonada spirtli ichimliklar ichib, tug‘ilgan kunni nishonlash haqidagi videosi tarqaldi. Mazkur holatga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videotasvirni Respublika qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tegishli mas’ullari o‘rganib chiqqan va ushbu holat haqiqatdan ham  Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, video 2023 yil 15 sentyabr kuni  tasvirga olingan. O‘sha kuni inspeksiya boshlig‘i Bahodir Toshev tug‘ilgan kuni sabab o‘z kursdoshlariga ushbu taklifini yuborgan.

Shundan so‘ng, inspeksiyaning tegishli mas’ullari Toshevga bunday xatti-harakatlar kasb etikasiga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirgan. Shu o‘rinda uning ushbu nomaqbul harakatiga javoban lavozimidan ozod qilinishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir Abdulla Aripovga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 10 ta tuman va shahar hokimiga nisbatan intizomiy chora ko‘rish topshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Qurilish intizomiy chora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing