Ishqiy munosabatlar yashirin matematik qonuniyatlarga bo‘ysunadi – tadqiqot

Bu qiziq

image

Olimlar ishqiy munosabatlardagi burilish nuqtalarini aniqlash uchun aniq matematik modellarni qo‘lladi. Bu haqdagi tadqiqot “ScienceDaily”da e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, xalqaro olimlar guruhi inson tuyg‘ulari va bog‘lanib qolish dinamikasiga bag‘ishlangan tadqiqot o‘tkazgan. Mutaxassislar ishqiy munosabatlar saqlanib qolishi yoki ajrashishga olib kelishini belgilovchi omillarni tahlil qilish uchun matematik modellashtirishdan foydalangan. Ish natijalari shuni ko‘rsatdiki, juftliklar o‘rtasidagi his-tuyg‘ularning evolyutsiyasi formulalar yordamida tavsiflash mumkin bo‘lgan muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi.

Tadqiqot davomida ilmiy guruh juftliklarning birgalikdagi hayotining turli bosqichlaridagi o‘zaro munosabatlari orasidagi o‘zgarishlarni tahlil qilgan. Matematik modellar “kritik nuqtalar” yoki burilish lahzalarini aniqlash imkonini bergan. Aynan shunday holatlarda hatto kichik tashqi ta’sir qiluvchi omillar yoki juftliklardan birining xulq-atvoridagi arzimas o‘zgarishlar ham rishtaning emotsional trayektoriyasini sezilarli darajada o‘zgartirishga qodir.
 
Ish mualliflarining bildirishicha, bunday miqdoriy yondoshuv nizolar va his-tuyg‘ularning sovib ketish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasida matematik qonuniyatlarni hisobga olish mutaxassislarga oilaviy terapiyaning yanada samarali usullarini ishlab chiqishga va nikohdagi inqirozli davrlarni oldindan aytib berishga yordam berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hech qachon nikohda bo‘lmagan insonlarda saraton kasalligiga chalinish xavfi oilali kishilarga qaraganda yuqoriroq ekani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing