ISHIDning Suriyadagi yetakchisi o‘ldirildi
Olam
−
12 iyul 2022
11009ISHID terrorchilik tashkilotiing besh nafar yetakchilari qatoriga kiruvchi Suriyadagi yetakchisi AQSH havo zarbasi oqibatida yo‘q qilindi. Bu haqla “Reuters” Amerika harbiylariga tayanib, xabar berdi.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi bayonotida aytilishicha, Mohir al-Agal Suriya shimoli-g‘arbida dron hujumi natijasida o‘ldirilgan, uning sherigi esa og‘ir jarohatlangan.
“Bu operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun sinchkovlik bilan rejalashtirilgandi. Dastlabki tahlil tinch aholi orasida qurbonlar yo‘qligini ko‘rsatmoqda”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, al-Agal ISHIDning Iroq va Suriyadan tashqaridagi tarmoqlarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan.
LiveBarchasi