ISHID YeCHL o‘yinlarida teraktlar uyushtirmoqchi – OAV 

Sport

image

ISHID shu hafta Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finali o‘yinlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, hozirda YeCHL o‘yinlarini o‘tkazish rejalari o‘z kuchida qolmoqda. Bugun, 9 aprel kuni Ispaniya hukumat komissiyasining rasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va yig‘ilishda qo‘shimcha xavfsizlik choralari masalasi hal qilinadi.

Terrorchilik tashkiloti shu hafta YeCHL o‘yinlarini o‘zida qabul qiladigan “Emireyts”, “Park de Prens”, ”Metropolitano” va “Santyago Bernabeu” stadionlarida terakt sodir etilishini bildirmoqda.

Qayd etish joiz, shu haftada “Real Madrid” va “Manchester Siti” hamda “Arsenal” va “Bavariya” turnir 1/4 final bosqichining ilk o‘yinlarini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing