“Real Madrid” stadionining nomi o‘zgarmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi uy stadioni hisoblangan “Santyago Bernabeu” nomidan “Santyago” so‘zi olib tashladi. Klub rasmiy resurslarida ham endilikda “Bernabeu” nomi ishlatila boshlandi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub bu o‘zgarishni identifikatsiya va tijoriy maqsadlarda amalga oshirganini ma’lum qildi. Qisqa nom, ularning fikricha, global bozorlarda samaraliroq va zamonaviy brend siyosatiga mos. Shu bilan birga, muxlislarning bir qismi bu qarorga qarshi chiqib, sobiq prezident Santyago Bernabeuning merosiga bepisandlik sifatida baholamoqda.

“Santyagosiz Bernabeu bo‘lmaydi. Ertaga u “Adidas Bernabeu”, keyin “Emirates Bernabeu” bo‘ladi va bir necha yildan so‘ng klub tarixidagi eng muhim prezident kim bo‘lganini ham bilmaydigan avlod paydo bo‘ladi”, deya tanqid qilmoqda muxlislar uyushmasi vakillari.

Qayt etish joizki, stadion 1947 yilda “Nuevo Estadio Chamartin” nomi bilan ochilgan, 1955 yilda esa o‘sha paytdagi prezident Santyago Bernabeu sharafiga qayta nomlangan edi. 2019 yilda boshlangan ta’mirlash ishlari uchun 1,3 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflandi. Yangi fasad, texnologiyalar va ko‘p maqsadli maydonlarni o‘z ichiga olgan loyiha hali ham davom etmoqda.

Klub rahbariyati Paseo-de-la-Kastelyana fasadida “Bernabeu” yozuvini o‘rnatishni rejalashtirgan. Bu bilan stadionning yangi tijoriy brendini shakllantirish maqsad qilingan. “Real Madrid” uzoq yillar davomida nom homiyligini tijoriylashtirishga qarshi bo‘lgan, ammo hozirgi sharoit bunga o‘zgarish kiritmoqda.

Florentino Peres rahbarligidagi klub rasmiylari bu o‘zgarishni “nomni zamonaviylashtirish” sifatida baholasa, muxlislarning ko‘pchiligi “Santiago”ning yo‘qolishi tarixiy davrning yakuni deb hisoblashmoqda.

Ma’lumot uchun, klub 2017 yilda Emirates kompaniyasining nom huquqi bo‘yicha 250 million yevrolik taklifi rad etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Real Madrid Sant'yago Bernabeu Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing