ISHID Suriyaning uch viloyatiga hujum uyushtirdi
Olam
−
08 noyabr 2023
9686ISHIDning Suriya cho‘lidagi hujumlari oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 noyabr kuni tongda Suriyaning Raqqa, Homs va Dayr-az-Zor viloyatlariga parallel ravishda pulemyotdan hujum uyushtirgan. Oqibatda 4 nafar mahalliy askar va hukumat tarafdori bo‘lgan Milliy mudofaa kuchlarining 26 nafar a’zosi halok bo‘lgan.
“Bu ISHIDning bir qancha hududiy mag‘lubiyatlaridan keyin, yillar o‘tib ham davom etishi mumkin bo‘lgan tahdidini anglatadi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, ISHID kuchlari harakatga tushib qolgach, Rossiya harbiy samolyotlari guruhning cho‘ldagi pozitsiyalariga zarbalar bergan. Terroristik tashkilot a’zolari orasida ham qurbonlar borligi aytilmoqda.
LiveBarchasi