ISHID rahbari o‘ldirildi – OAV
Olam
−
30 noyabr 2022 22084 1 daqiqa
Arab nashrlari “Islom davlati” (ISHID) terrorchilik guruhi yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurashiy yo‘q qilingani haqida xabar tarqatdi.
“Islomiy davlat” vakili Abu Umar al-Muhojir guruh rahbari Abu al-Hasan al-Qurashiy o‘ldirilganini ma’lum qildi”, deyiladi “Al-Arabiya” telekanali xabarida.
Arab OAVlariga ko‘ra, Abu al-Husayn al-Husayniy al-Qurashiy ISHIDning yangi rahbari etib tayinlangan.
Abu al-Hasan al-Kurashiy 2022 yil fevralida o‘zidan oldingi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurashiy yo‘q qilinganidan so‘ng ISHIDga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr