Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTH bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Jamiyat

image

20 aprel shanba kuni tonggi soat 05:09da Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumanidagi “Chimkent-Olma-ota” trassasining 181-kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi xodimlari zudlik bilan yetib borishgan. Shuningdek, mas’ullar jarohatlanganlar yotqizilgan shifoxonada ham bo‘lishib, ularning hozirgi holatidan xabar olishgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibi favqulodda vaziyatlar, tashqi ishlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar vakillaridan iborat.

Komissiya a’zolari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil qilish va YTH sabablarini o‘rganish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.

Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishilgan holda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni vatanga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etish vazifasi topshirilgan.

Oldinroq, YTHda vafot etgan o‘zbekistonliklarning shaxslari ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing