Prezidentning yangi samolyoti, Karimovaga ochilgan ish, to‘yxonadagi portlash va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 19 avgust kunining eng muhim xabarlari bilan quyida tanishing.

IIV: Navoiyda YHXB inspektori kaltaklandi

Joriy yilning 17 avgust kuni soat 19:10 larda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB inspektori Navoiy shahar, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi 85 971 SAA bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani piyodaga yo‘l bermaganligi uchun to‘xtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.

Qodirbek Atamboyev Bosh prokuratura ro‘yxati soxtaligini aytdi

Qirg‘izistonning hibsga olingan sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Qodirbek otasi va ularning oila a’zolarining musodara qilingan mol-mulklari ro‘yxatini soxta axlat deb atadi.

Tadbirkorning xotini va haydovchisi uni 680 000 dollarga “uxlatdi”

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tadbirkorning uyidan xotini va haydovchisi 5 mlrd so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irladi. Tadbirkor I.I.ga nisbatan sodir etilgan ushbu o‘g‘irlik jinoyat ortidan Qo‘qonda yog‘och, shakar, shirinliklar savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorning o‘z xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I., xotinining dugonasi va dugonasining turmush o‘rtog‘i A.D. va R.U. hamda Qo‘qon shahrida mashhur bo‘lgan folbin M.A.ga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Bugundan zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish boshlanadi

Bugun, 19 avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani va Surxondaryo viloyatning ma’muriy markazi  Termiz shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlanadi.

Surxondaryodagi maxfiy uchrashuv haqida ma’lumot berildi

Surxondaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda deputatlikka, mahalliy kengashlarga raislikka nomzodlar bilan maxfiy tarzda suhbat o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Rossiyadan katta qarzi bor davlatlar ma’lum bo‘ldi

Belarus, Ukraina va Venesuela davlat qarzlari bo‘yicha Rossiyaning eng katta qarzdorlari hisoblanadi. Rossiya an’anaviy ravishda boshqa davlatlarga berilgan kreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaydi. Agar Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlangan hukumatlararo bitimlarni imzolasa, ular ma’lum bo‘ladi. Rasmiy shaxslar bunday qarzlar haqida gapiradi yoki ma’lumot qarz oluvchi hukumat orqali oshkor qilinadi.

Prezidentning yangi samolyoti suratlari paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi samolyotining suratlari va ba’zi ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda “Buyuk kelajak” eksperti Rahmat Sobirov ma’lum qildi.

Boeing 787-800 Dreamliner VIP samolyoti UK001 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Samolyotning tartib raqami 64435.

Tojikistonda jodugarlar fosh etildi

Tojikiston shimolida ikkita tabib hibsga olingan, ular jinlarni quvib chiqarish niqobi ostida mijozlarga tajovuz qilgan. 35 yoshli "jinoiy kurashchi" Mirzoyusuf Nodirov mijozlardan biri bilan bo‘lgan uchrashuv paytida yalang‘och holda hibsga olingan. U o‘zini  jodugarlik ustasi sifatida e’lon qildi, shuningdek, baxt va muvaffaqiyat timsollarini sotgan.

To‘yxonadagi portlashda 63 kishi qurbon bo‘ldi

Joriy yilning 17 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining g‘arbiy qismidagi “Dubai wedding hall”da o‘tkazilayotgan nikoh to‘yida hudkush terrorchi tomonidan bomba portlatildi. Terakt uchun javobgarlikni ISHID o‘z bo‘yniga olgan. Guvohlarning ta’kidlashicha hudkush o‘zini mehmonlar raqs tushayotganda ularning o‘rtasiga borib portlatgan.

Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi ochildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Poytaxtda 25 avgustgacha metro sabab harakat cheklanadi

Katta halqa liniyasi metrosi qurilishi munosabati bilan poytaxtning G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy, Uchlik va Novomoskovsk tumanlarida transport harakati 25 avgustgacha cheklanadi. Moskvada 8 dan 24 avgustgacha Sokolnichesk liniyasi Vernadsk prospektidan Kommunarkaga qadar bo‘lgan poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Stansiyalar orasida 180 dan ortiq bepul kompensatsion KM avtobuslari ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing