Ish “o‘xshamadi”, DXX Andijonda og‘ufurushlarni qo‘lga oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1989 yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Nurmat Isoqov og‘irligi 6 kilogramm 318 gramm bo‘lgan "gashish" giyohvandlik moddasini Farg‘ona viloyatiga olib ketayotgan vaqtida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida qo‘lga olindi. 

Aniqlanishicha, Nurmat Isoqov Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga borib, tanishlaridan mazkur giyohvand moddani 13 ming 200 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, shundan 2 ming AQSH dollarini ularga bergan.

Og‘uni Andijon viloyati hududida qabul qilib olganidan so‘ng yana 3 ming AQSH dollari berib yuborishini, pulning qolgan qismini esa giyohvandlik moddasini sotganidan keyin berishini aytgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Nurmat Isoqov hamtovog‘i, 1985 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Shuhratjon Mahmudov orqali 2 ming 900 AQSH dollarini qirg‘izistonlik tanishlariga berib yuborgan.

Shundan so‘ng kontrabanda yo‘li bilan Andijon viloyati hududiga olib kirilgan "gashish" giyohvandlik moddasini qabul qilib olgan.

Bundan tashqari, DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbir jarayonida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi Nozimjon G‘aniyev, Mahammatdiyor Qodirov va Asaka shahrida yashovchi Sarvar Toirov qo‘lga olinib, ulardan jami 616 gramm "gashish" giyohvandlik moddasi olindi.

Hozirda ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Andijonda gashish Qirg'izistondan

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing